Get Mystery Box with random crypto!

Bilaman, Qadrdonim... Siz ba’zan o‘zingizni keraksiz insondek | 𝐇𝐀𝐘𝐎𝐓 𝐓𝐈𝐋𝐒𝐈𝐌𝐈

Bilaman, Qadrdonim... Siz ba’zan o‘zingizni keraksiz insondek his qilasiz...
Ammo kimdir har kuni ertalab Siz sovg‘a qilgan piyolada choy ichadi, Siz sovg‘a qilgan telefonda qadrdonlariga qo‘ng‘iroq qiladi, Siz tavsiya qilgan kitobni rohat bilan o‘qiydi, Siz hadya etgan kiyimni xursand bo‘lib kiyadi... 
Yana kimdir Sizning qilgan yordamingizni eslab, g‘oyibdan haqqingizga duo qiladi, yana kimdir siz aytib bergan latifani eslab, tabassum qiladi.... 
Bugun kimdir sizning e’tiboringizdan boshi osmonda, yana kimdir uning ko‘nglini ko‘targaningizni aytib, boshqalarga zavq ulashyapti... 
Qadrdonim, hech qachon o‘zingizni keraksizdek his qilmang. Chunki har bir harakatingiz kimningdir hayot yo‘lida yaxshilik, xursandchilik izini qoldiradi.
Garchi kichik bo‘lsa ham... 

Unutmang, SIZ YAXSHISIZ 
va HAMMAGA KERAKSIZ!

(falsafasi_hayot)


@Tilsimli_Hayot