Get Mystery Box with random crypto!

14-Eslatma : Qaysi ayolning turmush o'rtog'i uning haqqiga du | ТИЛ ОФАТИ

14-Eslatma :

Qaysi ayolning turmush o'rtog'i uning haqqiga duo qilmoqda ?

Erini Rahmonning bandasi bo'lishini istagan ayol , turmush o'rtog'iga yuqoridagi savolni berib ko'rishi kerak !

Chunki Alloh taolo Furqon surasida RAHMONNING BANDALARI sifatlarinidan 10 dan ortiq sifatni zikr qilib shulardan biriga tanbeh berib aytadi :

" Va ular : Ey Robbimiz , bizga juftlarimiz va zurriyotlarimizdan ko'z quvonchlari ato etgin ! Va bizni taqvodorlarga imom qilgin " deyishadi !
(Furqon : 74)

Kishi ahli oilasi va zurriyoti haqqiga duo qilmasdan turib "RAHMONNING BANDALARI " sifatiga ega bo'la olmaydi .


https://t.me/tilofati