Get Mystery Box with random crypto!

Test sinovida qaysi nechta savol bo’lishi va qaysi fanga necha | ZIYOLI ZIYOKORLAR ZIYOSI 👨‍🎓

Test sinovida qaysi nechta savol bo’lishi va qaysi fanga necha ball berilishi tasdiqlandi
#abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldagidek o’zgarishsiz qoldirildi).

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93 ball
2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63 ball
60 ta savol uchun jami 156 ball.

Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.


@xushnudbek