Get Mystery Box with random crypto!

Bu qo'shiqni eshitib rosti ko'zimga yosh keldi. O'zbekistonli | ZIYOLI ZIYOKORLAR ZIYOSI 👨‍🎓



Bu qo'shiqni eshitib rosti ko'zimga yosh keldi.

O'zbekistonlik jurnalist Turkiyaga aylangani borganida Turklar bilan o'tirib tushlik qiladi. O'zbekistondanligini bilgan Turklar quvonch bilan qarshi olib qardashim" deydi. (Qarindosh ma'nosida keladi) Turklar jurnalistdan Go‘zal Turkiston qo'shig'ini bir aytib ber deb iltimos qiladi. Jurnalist hayron umrida birinchi marta eshitayotganini aytsa, Turklar ham hayron bo'lib nega bilmaysan axir buni sizlarni shoiringiz Cho'lpon yozgan -ku deydi.

Va hammalari jo‘r bo‘lib ushbu qo'shiqni aytadi. Qo'shiq tugagach, Turklar bu qo'shiqni va she‘rni har bir Turkiyalik yoddan bilishini va sevib eshitishini aytadi.

Turkiston muxtoriyati haqida tarixdan yaxshi o'qiganlar qo'shiq ma'nosini tushunadi. Otamdan qolgan dalalar asarida ham Ruslar Ona zaminimiz Turkistonni Churkiston deb atashi va Tariximizni yo'q qilgani haqida gap boradi. Bugungi voqealar xronologiyasida Turkiya TVsida ushbu lavha takror efirga berilmoqda.