Get Mystery Box with random crypto!

14 fevral — 'Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni'! Bu kunni uchta | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

14 fevral — "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni"! Bu kunni uchta oddiy tarzda nishonlash mumkin:

1.Do‘stingizga yoki oila a'zolaringizga kitob sovg‘a qiling. Bolaga yangi yoki o‘zingizning eski kitobingizni sovg‘a qiling va “Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni”ni nishonlang.

2.Kitobni kutish xonalarida yoki foyeda qoldirib keting. Bolalar ko‘p vaqtlarini o‘tkazadigan va yaxshi kitoblar yo‘қ bo‘lgan kutish xonalarini tanlang. Yaxshi kitobni bekitib yoki ochiq holda o‘zingiz tanlagan xonaga qo‘yib keting.Bu ishlar bolalarni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida qilinadi. Haqiqatan, shubhalanmasdan qiziqarli kitobni tanlang.

3.O‘z kitoblaringizni hadya qiling.Ulg‘aygan bolalaringizga kerak bo‘lmagan kitoblarini yig‘ib, ulardan birortasini o‘qib ko‘radigan bolalarga bering. O‘z kitoblaringizni kutubxonaga,maktabga, bolalar shifoxonasiga, mehribonlik uyiga hadya qiling.Bundan tashqari shaxsiy kitoblaringizni xalqaro miqyosda bolalarga kitob tarqatish bilan faoliyat yuritadigan hayriya tashkilotlariga ham keltirib berishingiz mumkin.

«Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni» faqat ko‘ngillilar tashabbusi bilan o‘tkaziladi. Siz ham bugun kitobxon do'stlaringizga kitob sovg'a qiling!

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!