Get Mystery Box with random crypto!

Tafakkur gulshani — kitobsevarlar uchun yangi loyiha! Yangi t | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Tafakkur gulshani — kitobsevarlar uchun yangi loyiha!

Yangi tanlov, yangi mavsum, yangi jamoalar va yangi xazinalar. Ko'pchilik intiqlik bilan kutgan tanlov. Endi jamoaviy tarzda, birgalikda kitob oʻqiymiz!

Tanlov shartlari quyidagicha:
@kitob_muhokamasi guruhiga a'zo bo'lasiz;
4 kishidan iborat jamoa tuzasiz;
Jamoa sardori tayinlaysiz va jamoaga nom berasiz;
Jamoa a'zolari, sardori va nomini yozib, @Filolog_0503 profiliga yuborasiz.

Tanlov nizomi quyidagicha, jamoalar 2 shart bo'yicha o'zaro bellashadilar:
— shartda: Jamoalar shakllangach, sardorlar guruhida muhokama uchun asar tanlanadi. Asarni o'qish uchun vaqt beriladi va muhokama kuni belgilangan asardan 20 ta savollar beriladi! Har bir to'g'ri javobga 2 ball beriladi. 1 oy davomida 3 ta kitob tanlanadi va oyning oxirida (4-turda) mana shu asarlar bo'yicha ham umumiy 20 talik savol beriladi;
Jami to'plash mumkin bo'lgan ball — 160
— shartda: Haftaning ma'lum kuni belgilanadi va jamoalarga o'zbek hamda jahon adabiyotiga oid umumiy 20 ta savol beriladi, har bitta to'g'ri javob uchun 2 balldan hisoblanadi.
Jami to'plash mumkin bo'lgan ball — 160

Oy oxirida jamoalarning umumiy to'plagan natijalari hisoblanib, eng yuqori ball to'plagan bitta jamoa g'olib deb topiladi (agar ballar teng bo'lib qolsa, 1-shart bo'yicha ballar solishtiriladi; ular ham teng bo'lsa, 1-shart 4-turidagi ballarga qaraladi; ular ham teng bo'lsa o'sha jamoalar o'zaro bellashadi)!

G'olib jamoaning barcha ishtirokchilari homiylarimiz tomonidan diplom, sertifikat hamda qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlanishadi!

@manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi