Get Mystery Box with random crypto!

"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

Telegram kanalining logotibi tiiamekb_uz — "TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti T
Telegram kanalining logotibi tiiamekb_uz — "TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
Kanal manzili: @tiiamekb_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.92K
Kanalning ta’rifi

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
www.tiiamekb.uz
www.instagram.com/tiiamekb_uz
📧 admin@tiiamekb.uz
☎️ 99875 224-19-49
📫 180100,Qashqadaryo vil. Qarshi sh
Xonobod shoh ko‘chasi

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-22 06:59:07
Иқтисод фанлари доктори, профессор УМУРЗАКОВ ЎКТАМ ПАРДАЕВИЧнинг 70 ёши ва ёрқин хотирасига бағишлаб 2022 йил 23-24 август кунлари ўтказилаётган “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering – CONMECHYDRO 2022” халқаро илмий анжуман ДАСТУРИ билан қуйидаги хавола билан танишишингиз ва юклаб олишингиз мумкин conmechydro.tiiame.uz .
523 viewsBobur Hayitov, 03:59
Ochish/sharhlash
2022-08-22 03:35:43
19-20 avgust kunlari sobiq va sodiq rektorimiz Umurzakov O'ktam Pardayevichning xotirasiga bag'ishlangan minifutbol bóyicha xotira turniri bólib ótdi.

Batafsil...

tiiame.uz| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter
498 viewsBobur Hayitov, 00:35
Ochish/sharhlash
2022-08-21 17:44:49 ​​#Professor_minbari
#15.08 — 21.08.2022

Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda:

“Jozibador asos va ustqurma”Nizomiddin HAYDAROV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;

“Yuksak malakali mutaxassislar istiqbolni belgilovchi katta kuch”Erjan KAHYA, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori, professor; Jasurbek ERGASHEV, institut masʼul xodimi; Husan SURʼATOV, doktorant; Ozoda AVGʻANOVA, talaba; Nursaid RAHIMBOYEV, talaba;

“Unvoni – oliyjanob, halol va kamtar inson”Bahodir MIRZAYEV, “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;

“Innovatsion rivojlanishning yangi bosqichi ta’lim tizimi taraqqiyotida ham ijobiy samara beradi”Bahodir SHERMUHAMMADOV, Fargʻona davlat universiteti rektori, professor;

“Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim shartiga aylanmoqda”Alisher SAMADOV, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori, professor;

«Пять жизней ученого»Баходир МИРЗАЕВ, ректор Национального исследовательского университета «ТИИИМСХ», профессор;

“Bilim va salohiyat yuksak insonning qadri yanada baland boʻladi”Alisher SAMADOV, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori, professor;

“Tajribali rahbar va donishmand ustoz”Murtazo RAHMATOV, iqtisodiyot fanlari doktori, senator; Bakridin ZARIPOV, Oʻzbekiston milliy universiteti professori, akademik;

«Мир музыки Нажиматдина Мухаметдинова»Инесса ГУЛЗАРОВА, профессор Государственной консерватории Узбекистана;

“Amir Temur – mohir strateg yoxud Sohibqiron dahosiga berilgan xolisona baho”Mirsodiq ISʼHOQOV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori;

“Barhayot sanʼat namunalari yoxud maʼnaviyatimizni boyitishga xizmat qilagan asarlar”Dilzoda ALIMQULOVA, Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, PhD;

«Семейная тайна: вопросы правового регулирования»Эдуард ЭГАМБЕРДИЕВ, и. о. доцента ТГЮУ, доктор философии (PhD) по юридическим наукам.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
418 viewsBobur Hayitov, 14:44
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:45:31
#Xalqaro_konferensiya

O‘ktam Pardayevich Umurzoqov tavalludining 70 yilligi va yorqin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya

Joriy yil 23–24-avgust kunlari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlarini rivojlantirish bo‘yicha universitetlar konsorsiumi raisi, MDH davlatlarining yetakchi qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari rektorlari kengashining a’zosi, O‘zbekiston Oliy ta’lim kengashi raisi hamda TIQXMMI rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan iqtisodiyot fanlari doktori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzoqov tavalludining 70 yilligi va yorqin xotirasiga bag‘ishlangan
“Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering – CONMECHYDRO 2022” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

Batafsil HAVOLADA.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
457 viewsBobur Hayitov, 13:45
Ochish/sharhlash
2022-08-20 10:52:13
Xotira turniriga start berildi

Батафсил:
https://tiiamekb.uz/oz/post/747

Каналга уланиш:
https://t.me/joinchat/AAAAAEighlFf1oXsODznLA
439 viewsTIIAMEKB.UZ, 07:52
Ochish/sharhlash
2022-08-20 07:56:44
#Bilasizmi

Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
453 viewsOtabek Rahimov, 04:56
Ochish/sharhlash
2022-08-20 07:56:06
SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

1 ballgacha yetmaganda
— 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

Ariza yozishning oxirgi muddati 1-oktabr.

Bu o‘tgan yilgi holat bo‘licha.

@qarduuz
506 viewsOtabek Rahimov, 04:56
Ochish/sharhlash
2022-08-20 07:55:28#Qabul2022 |#Akademik_litsey

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.

Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
393 viewsOtabek Rahimov, 04:55
Ochish/sharhlash
2022-08-19 17:33:40
#2022_2023_o‘quv_yili

Milliy tadqiqot universiteti yangi o‘quv yiliga tayyormi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining yangi 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi.

Universitetda jami 228 ta ma’ruza, amaliy va laboratoriya xonalari mavjud bo‘lib, jumladan xorijiy va respublika tashkilotlari homiyligida 16 ta maxsus jihozlangan auditoriya va 2 ta ilmiy laboratoriya tashkil etilgan.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/4308

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
450 viewsBobur Hayitov, 14:33
Ochish/sharhlash
2021-02-01 19:12:05
ТАКЛИФ ЮБОРИНГ!!!

Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов талабалар билан ўтказган онлайн учрашувида доимий мулоқотни йўлга қўйиш ҳамда уларнинг соҳага оид таклиф-мулоҳазаларини ўрганиш мақсадида “Вазирга таклифлар” боти ишга туширилишини маълум қилган эди.

Телеграм тармоғида “Вазирга таклифлар” боти ташкил этилди.

Эндиликда профессор-ўқитувчилар, олимлар, тадқиқотчилар, талабалар ва уларнинг ота-оналари мазкур бот орқали бевосита вазирга соҳага оид муаммоларни билдиришлари, ўз таклифларини юборишлари мумкин.

Барча таклифлар шахсан вазир томонидан ўрганиб чиқилади ҳамда олий таълим тизими фаолиятини яхшилаш бўйича амалий ишлар олиб борилади.

Таклиф юбориш: @vazirga_takliflar_bot

Вазирликнинг телеграм канали:
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
133 views16:12
Ochish/sharhlash