Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

Telegram kanalining logotibi tiftuz_tg — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti T
Kanaldagi mavzular:
Tift
Telegram kanalining logotibi tiftuz_tg — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Kanaldagi mavzular:
Tift
Kanal manzili: @tiftuz_tg
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.91K
Kanalning ta’rifi

🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rasmiy kanali
✅Официальный канал Университета TIFT
✅Davlat litsenziyasi: №216331
☎️ Aloqa uchun: 71-202-92-29 9:00-18:00
🌐 Ro'yxatdan o'tish: tift.uz | @tift_admission_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-08-21 16:33:25
Sirtqi taʼlim shakli haqida qiziqarli maʼlumotlar

Sirtqi taʼlim — kasbiy faoliyatdan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus maʼlumot olish shakli. Kunduzgi taʼlim shaklidan talabalarning mustaqil oʻqishi bilan farq qiladi.

Oʻzbekistonda Sirtqi taʼlim 1938-yildan tashkil etildi. Shu yili Oʻrta Osiyo universitetida sirtqi boʻlim tuzildi. Hozir Sirtqi taʼlim oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan maxsus markaz, boʻlim va fakultetlarda amalga oshiriladi.

Unda taʼlimning asosiy qismi (60— 70%) talabalarning mustaqil bilim olishiga asoslangan boʻlib, ular 1 yilda 2 marta chaqirilgan holda oʻquv fanlaridan maʼruzalar tinglaydilar hamda semestrlar boʻyicha imtihonlar topshiradilar.

Oliy oʻquv yurtlarida Sirtqi taʼlim oliy oʻquv yurtlarining sirtqi fakultetlarida olib boriladi. Darslik va dasturlar, odatda, kunduzgi va Sirtqi taʼlim tizimida umumiy boʻladi. Sirtqi taʼlim kunduzgi taʼlim shakli dasturining 30%ini qamrab oladi.

TIFT universitetida ushbu 15 ta yo‘nalishga sirtqi taʼlim shakli uchun qabul davom etmoqda.

Kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari

Sirtqi taʼlim shakliga onlayn hujjat topshiring: qabul.tift.uz

Murojaat uchun: +998781132999, +998999932722

Toshkent qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 17-uy

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
13.4K viewsedited  13:33
Ochish/sharhlash
2023-08-18 10:20:43
TIFT univeristetiga o‘qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

Hurmatli talabalar, Sizga qabul.tift.uz sayti orqali yuborilgan shartnoma asosida kontrakt to‘lovini yashash hududingizga yaqin bank shahobchasi orqali imkon qadar tezroq — 15 ish kuni ichida amalga oshirishingiz lozim.

Shundan so‘ng quyidagi hujjatlarni markaziy qabul ofisimizga taqdim qilishingiz so‘raladi.

Kunduzgi hamda sirtqi taʼlim shakllariga qabul qilingan talabalar uchun:
Diplom/attestat asl nusxasi;
Pasport yoki ID karta nusxasi (2 ta);
Kontrakt to'lovi kvitansiya asl nusxasi;
Shartnomaning nusxasi;
Rasm 3x4 (6 ta);
Konvert A4 (1 ta);
Ish papkasi (1ta).

O‘qishini TIFT universitetiga ko‘chirgan talabalar uchun:
Diplom/attestat asl nusxasi;
Transkript asl nusxasi;
Shartnomaning nusxasi;
Talabalikka qabul buyrug‘i nusxasi;
Kursdan kursga o‘tish buyrug‘i nusxasi;
Talabalar safidan chetlatish buyrug‘i asl nusxasi;
OTM litsenziyasi yoki akkreditsiyasi;
Pasport yoki ID karta nusxasi (2 ta);
Kontrakt to‘lovi kvitansiya asl nusxasi;
Rasm 3x4 (6 ta);
Konvert A4 (1 ta);
Ish papkasi (1ta).

Murojaat uchun: +998781132999, +998999932722

Toshkent qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 17-uy

TIFT bilan yangi g‘oyalar, yangi marralar sari!

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
18.9K views07:20
Ochish/sharhlash