Get Mystery Box with random crypto!

​​#Erinmang_oʻqing Boladagi qobiliyatni yoʻq qiluvchi narsala | Tibbiy videolar olami_ Tibbiyot_Faktlar_Medic_Kitoblar_Malumotlar_Shifokorlar

​​#Erinmang_oʻqing

Boladagi qobiliyatni yoʻq qiluvchi narsalar:

1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani oʻldiradi. Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.

2. Elektron oʻyinlar ijtimoiy aqlni, lugʻaviy ziyraklikni barbod qiladi. Haddan ortiq eʼtibor qaratilganidan miyaga qon quyilishiga, miya hujayralarining barvaqt halok boʻlishiga sabab boʻladi. Yoshi ulgʻayganda unga mahorat, tajriba yetishmaydi.

3. Onani uning oʻgʻli oldida haqorat qilish bolani qoʻrqoq, tortinchoq qilib qoʻyadi, sogʻlom fikrlashdan toʻxtatadi. Chunki soʻnggi tadqiqotlarga koʻra bola qobiliyatni onasidan oladi.

4. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi.

5. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi notoʻgʻridir. Buning natijasida undagi soʻz boyligi va ijtimoiy zehn yoʻqolib boradi. Bolaning gapiga ahamiyat bermaslik, uni jim turishga buyurish, baʼzi hollarda uni qattiq inkor qilish yaxshilikka olib kelmaydi.

6. Taʼlim berish davomida suv ichishni kamaytirish kerakmi? Yoʻq! Miyaning 85% i suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan (kichik shisha idishda) suv ichish zarur. Agar ichmasa, tana gʻayriixtiyoriy harakatlar (yoʻtal, aksa urish, stulni qimirlatish, stolni surish kabi harakatlar) qila boshlaydi. Oʻqituvchiga boladagi noqulaylik zohir boʻladi.

7. Nonushta qilmaslik ham yaxshi emas. Aniqlanishicha, nonushta qilmaydigan kishilarda qondagi shakar miqdori pasayib ketadi. Bu esa miya hujayralariga yetarlicha ozuqa yetib bormasligini keltirib chiqaradi va hujayralarning parchalanishiga sabab boʻladi. Fast-fudlardan ehtiyot boʻlish lozim.

8. Oʻquvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay oʻqitish samarali natijaga olib kelmaydi.

9. Bolalarga bolalarcha tabiat bilan yashashga imkon bermaslik va ularni darsga koʻmib yuborish mumkin emas. Bolalarda devorga yozish – bu ularning yoshlik chogʻlarida erkin yozishga imkon bermaslik natijasidir.

10. Bolani dastlabki bosqichda xatini (yozuvini) kichik yozishga majburlash yaxshi emas. Katta yozuv oʻziga ishonchlilik va erkinlik belgisi hisoblanadi. Agar yozuv kichik boʻlsa, buning maʼnosi ana shu ikki sifat (oʻziga ishonch va erkinlik)ning yoʻqligidir.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

@tibbiyvideolarbazasi