Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ АЦЦ ЛОНГ Dori shakli: Vishillovchi tabletka Ta'sir | Tibbiyot info Rasmiy

​​​​ АЦЦ ЛОНГ

Dori shakli: Vishillovchi tabletka

Ta'sir etuvchi modda: atsetiltsistein

Tarkibi: Faol modda 600 mg atsetiltsistein

Qo‘llanilishi:

Mukolitik vosita - yopishqoq balg‘amni suyultirish va nafas yo‘llaridan chiqarishni yengillashtirish
Pnevmoniya, laringit, traxeit, gripp, o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, bronxoektaz, bronxiolit, mukovitsidoz, sinusitlar;

Qo‘llash usuli va dozalari:

— Kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar 1 kunda 1 tabletkadan yoki 1/2 dan tabletkadan 2 marta ovqatdan keyin 1 stakan suvda eritib ichiladi
— qisqa muddatli shamollashlarda qo‘llash davomiyligi 5-7 kun

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

— atsetiltsisteinga yoki tarkibidagi qo‘shimchalarga yuqori sezuvchanlikda
— 14 yoshdan kichik bolalarga

Nojo‘ya ta'sirlari:

— bosh og‘rishi
— taxikardiya
— qon ketish
— hansirash, bronxospazm
— ko‘ngil aynishi, diareya, qorinda og‘riq, qusish, stomatit
— еshakemi, toshma, angionevrotik shish, isitma.

Ishlab chiqaruvchi: Germaniya

Narxi: 49100 so‘m 10 donasi

To'liq ma'lumot : tibbiyot.info

Rasmiy kanal : @tibbiyot_info

Vakansiya : @pharma_jobs_M