Get Mystery Box with random crypto!

- O'tgan yili Hamshiralik yo'nalishi bo'yicha kasb-hunar ko'll | Tibbiyot haqida

- O'tgan yili Hamshiralik yo'nalishi bo'yicha kasb-hunar ko'llejini tamomladim. Bu yil onam bosh shifokor bo'lgan poliklinikaga ishga kirmoqchi edim. Ayting-chi, yaqin qarindoshlar bir muassasada ishlashi mumkinmi?

- O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasiga ko'ra, o'zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo'lgan shaxslar (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'il-qizlar, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo'ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilsa, bir davlat korxonasida xizmat qilish taqiqlanadi.
Ya'ni o'zaro qarindoshlar, masalan ota-ona va farzandning bir davlat tashkilotda biri ikkinchisiga bevosita bo'ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan lavozimlarda ishlashi mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan istisno etilishi mumkin bo'lgan aloxida hodimlar ro'yxati keltirib o'tilgan. Ammo unga hamshiralar kiritilmagan.
Hamshiralar lavozim yo'riqnomalarida o'z ish faoliyatida tashkiliy uslubiy masalalar bo'yicha nazorat qiluvchi shifokorning bevosita nazorati ostida faoliyat yuritadi. Hamshiralik ishi masalalari bo'yicha bosh yoki katta hamshira yoxud feldsherga, umumiy masalalar bo'yicha esa muassasa raxbariga bo'ysunadi.
Shundan hulosa qilsak, siz onangiz bosh shifokor oilaviy poliklinikaga hamshira bo'lib ishga kirishingiz mumkin.

Manba: Hamshira jurnali

Yana ham ko'proq ma'lumotlar
@tibbiyot_haqida kanalida