Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat tezkor!!! Ijtimoiy tarmoqlarda va saytlarda tarqalayot | Тиббиёт / Медицина

Diqqat tezkor!!!

Ijtimoiy tarmoqlarda va saytlarda tarqalayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasining oshirilgan kontrakt narxi bo'yicha, Toshkent tibbiyot akademiyasi o'quv ishlari bo'yicha prorektori Boymuradov Sh.A izoh berib o'tdi.

TTA moliyaviy mustaqillikka erishganligi munosabati bilan kontrakt narxini o'zi belgilaydi. Bu yildan oshirilgan kontrakt narxi faqat 2022-2023-o'quv yilidan boshlab qabul qilingan TTA talabalari uchun amal qiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari esa davlat tomonidan belgilangan(avvalgi) narx bo'yicha kontrakt to'laydi.

Murojaatda Boymuradov Sh.A talabalar va ularning ota-onalariga ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlaridagi har xil xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi va murojaatda aytilgan gaplarni haqiqiy va asosli deb hisoblashni aytib o'tdi.

Kanalga obuna bo'ling:
https://t.me/tma_official