Get Mystery Box with random crypto!

#Magistratura_2022 Magistratura qabul natijalari e'lon qili | Тиббиёт / Медицина

#Magistratura_2022

Magistratura qabul natijalari e'lon qilinmoqda

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.

Shundan:

xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

davlat stipendiantlari — 296 ta;

kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;

ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube