Get Mystery Box with random crypto!

Qo’zg’alon ko’tardi azolar bari Yurakni insondan qilinglar na | TIBBIYOT ILMI 📚

Qo’zg’alon ko’tardi azolar bari
Yurakni insondan qilinglar nari
Kerakmas bizlarga bunday qo’mondon
Jon qadrin bilmayin ishlaydigan jon
Tarqalishdi inson degan qasrga
Yurakni olmoqchi bo’lib asrga
Bir bo’lishib bari ko’tardi isyon
Qasr-qasr emas go’yoki zindon…
Boshdan oyoq tomon kezib darbadar
Tomirdagi josus keltirdi xabar
Jigar boshliq qo’shin qilib g’alayon
Uka sotqinligi bo’lgandi ayon
Hiyonatdan yurakning sanchdi badani
Go’yo joni chiqib, qolgandi tani
Go’yo to’xtab qoldi tomirlarda qon
Jasoratdan yo’q nishon,singandek qalqon
Hatto tillar gung bo’ldi, quloqlar garang
Bu qandayin ko’rgulik,qandayin nayrang
Kechagina ko’ksimdan uchgan polapon
Bugun ko’ksim yirtdi,yirtdi nogahon...

Muallif: DJ_SEKRET

@Tib_ilmi