Get Mystery Box with random crypto!

Ayyubxon Fargʻoniy

Telegram kanalining logotibi thunkdev — Ayyubxon Fargʻoniy A
Telegram kanalining logotibi thunkdev — Ayyubxon Fargʻoniy
Kanal manzili: @thunkdev
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 477
Kanalning ta’rifi

https://youtube.com/@fargoniyy
https://dev.to/ayyubxon
https://ayyubxonfargoniy.medium.com/
https://teletype.in/@ayyubxon-kamoldinov

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-01 11:57:23
AngularJS da yozilgan Microsoft Teams ilovasi noldan Reactda yozib chiqilmoqda

Microsoft Teams ilovasi sekinligi va xotirani "yeyishi" bilan ancha mashhur hisoblanadi.
Xozirda, Microsoft Teams dasturchilari ilovani AngularJS da yozilgan kodini Reactda boshidan yozib chiqishgan. Bundan tashqari Electron rendering engine'dan voz kechib, o'zlarining Edge WebView 2 dvijoklarini ishlatishni boshlashibdi.
Mazkur o'zgarishlar tufayli meeting'larga qo'shilish oldingidan 2 barobar, chat va kanallarni almashtirish 1.7 barobar tez bo'lishini va'da qilishmoqda. Bundan tashqari kompaniya ilovaning umumiy foydalanuvchi tajribasini ham yaxshilashgan.

Teamsning yangi versiyasi xozircha Microsoftning Public Preview dasturiga a'zo bo'lgan Windows foydalanuvchilar uchun chiqarilmoqda. Qolgan barcha foydalanuvchilar uchun esa yangi Teams, shu yilning oxirlariga foydalanishga topshirilishi reja qilinmoqda.


Batafsil: https://techcrunch.com/2023/03/27/microsoft-rebuilds-teams-promises-2x-faster-performance/
419 views08:57
Ochish/sharhlash
2023-04-01 02:31:07
ChatGPT haqidagi maqolalar, videolarga munosabatim

Guruhlarda hazil qilishim mumkin, bizni ishsiz qoldiradi deb, lekin xotirjamman.
Odamni rizqi aniq belgilab qoʻyilgan, u bizga baribir yetib keladi, dasturlash bu bir sabab. Dunyoda minglab kasblar bor.

ChatGPT hali beri ololmaydi ishimizni, ammo oladigan boʻlsa ham, yangi koʻnikmalarni shakllantirish, nimadir yangilik oʻrganish imkoniyatimiz boʻladi.

Xotirjam boʻling, ammo toʻxtamang.
414 viewsedited  23:31
Ochish/sharhlash
2023-03-30 20:02:20 Video yozmaganimga ancha bo'lgani uchun tushuntirishimda muammolar bo'ldi, o'zi mavzu juda oddiy, bir ko'rib o'rganib olish qiyin emas.

398 views17:02
Ochish/sharhlash
2023-03-30 10:12:29 O'zbekcha dasturlashga oid (JS ham bor) documentationni quyidagi saytda o'qishingiz mumkin. Katta mehnat qilishibdi lekin, qoyil qoldim. https://dasturlash.uz/
458 views07:12
Ochish/sharhlash
2023-03-30 10:02:15 O'zbekcha dasturlashga oid (JS ham bor) documentationni quyidagi saytda o'qishingiz mumkin. Katta mehnat qilishibdi lekin, qoyil qoldim.

https://dasturlash.uz/
735 viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2023-03-29 21:31:02 Reactda nima gaplar-e?

Roppa rosa 1 hafta oldin React Labs jamoasi nimalar ustida ishlashayotgani bo'yicha hisobot maqola chiqarishdi.
Undan olinadigan xulosalar:

- React Server Components (RSC). React jamoasi asosiy e'tiborini xozir RSC ga qaratgan. Vercel o'tgan yili taqdim qilingan Next 13 versiyadan boshlab RSC'ni tajriba tariqasida qo'llab quvvatlashini boshladi. Server Componentlarni mavjud freymvorklar bilan ishlatish nisbatan oson. Ammo RSC bilan ishlaydigan custom framework yozish, RSC module bundler bilan chuqur bog'lanishni talab qilgani sababli, bir muncha qiyin. React jamoasi xozirda bundler ishlab chiquvchi dasturchilar bilan hamkorlik qilib, bu jarayonni yaxshilash harakatida.

- Asset Loading. React jamoasi Suspense yordamida asset(rasm, stylesheet, script)larni yuklashni yaxshilash ustida ishlashmoqda. Xozirgi holatda brauzer assetlarni bir-biridan mustaqil tarzda yuklagani sababli foydalanuvchi interfeysida sakrashlar, elementlar surilishi bo'ladi. Yangi yechimda, React, Suspense bilan yuklangan komponentda rasm, script, media fayllar tayyor bo'lganini aniqlay oladi, va foydalanuvchiga hammasini birdaniga ko'rsatadi.

- React Optimizing Compiler. Bu xozirda Metadagi production ilovalarda test qilinib ko'rilayangi yangi kompilyator bo'lib, React kodimizni optimize qilishga yordam beradi. Muallifning aytishicha, React ba'zida keragidan ortiqcha re-render'ni amalga oshiradi. Har render bo'lganda yangi obyekt yoki array yaratilishi sababli, dasturchi ba'zi holatlarda kodni o'zi memoize qilishiga to'g'ri keladi. Yangi kompilyatordan maqsad, React faqat kerakli state o'zgarishlarini amalga oshirib, memoization qismini avtomatlashtirish.
(Shaxsan men bu yo'lni, Svelte va Solid tanlagan yo'l deb o'ylayman. U yerda ham ortiqcha re-render, memoization'larga hojat yo'q. Faqat qaysi qiymat o'zgarsa, u ishlatilgan joylar yangilanadi. Bu esa kompilyator yordamida, kodni build vaqtida chuqur analiz qilib chiqish orqali amalga oshiriladi)

React Forget kompilyator ideasini ReactConf 2021 da taqdim qilishgan edi. Videoni bu yerda



...Va bir qancha, Offscreen Rendering, Transition Tracing, Document Metadata bo'yicha yangiliklar.

Batafsil ma'lumot uchun to'liq ma'qolani o'qishni maslahat beraman
349 views18:31
Ochish/sharhlash
2023-03-27 11:24:06 https://academind.com/tutorials/global-state-management-with-react-hooks
436 views08:24
Ochish/sharhlash
2023-03-23 09:42:17
Hayrli ish #3.

Quyida keltirilgan qurilmani haqdor, ilm talabida bo'lgan, lekin imkoniyati cheklangan iymonli do'stimizga, ukamizga, singlimizga ramazon oyi sharofatidan hadya, ehson qilsak nima deysiz?


Shu niyatni amalga oshirishi uchun:
1. ilm istagida bo'lgan, qaniydi menda ham IT ni o'rganish uchun imkoniyatim bo'lsa, hech bo'lmasa Komputerim bo'lsa degan muhtoj uka-singillarimizdan biror kishini dalolat bersangiz.
2. agar unday odam topilmasa hayrli ishlarda ishlatish uchun biror markaz yoki jamoaga ham taqdim qilish niyatimiz bor..


P.S.
Shunday savolbli ishlarda men ham qatnashmoqchiman deganlar uchun:
1. kanaldagi biror laptopni soltib oling va hayrli ishlarda o'z hissangizni qo'shing (daromadimizdan bir qismini shunday loyihalarga ajratish niyatimiz bor.)
2. o'zingizda biror ishlatmaydigan, eskiroq, lekin bus-butun qurilma bo'lsa, kanal orqali haqdor egalariga yetkazishda faol bo'ling.

Murojaat uchun: @alishermakhmudov_com
629 views06:42
Ochish/sharhlash