Get Mystery Box with random crypto!

IELTS jonizni berib, siqilib, hayot-mamot darajasiga ko'tarib | Mari's planet🇺🇸️

IELTS jonizni berib, siqilib, hayot-mamot darajasiga ko'tarib yillab tayyorlanishga arziydigan narsa deb o'ylamayman. Hech qanaqa til testi, umuman olganda insonlar tuzgan testlar bilimni aniq chiqarib berolmaydi. Buni hatto katta-katta universitetlar tan olib, standardized testlarni talablardan chiqarib tashlayotgan bir mahalda O'zbekistonda hamma 8.0 uchun o'ladi va tiriladi. "Vay dood falonchi 7.5 oldi, meniki 6.0 " deydi.

Shunaqa narsalar xayolimga kelsa, bir narsani o'ylayman: 7.0 oladimi 9.0 oladimi men 5.0 olamanmi, in the end baribir o'lib ketamizku deyman. Shunaqa ekan solishtirishdan nima foyda?

Xo'sh nima qilish kerak? Avvaldan aytaman IELTS kitoblariga yopishmang unless your General English level is intermediate! Hech bo'lmaganda haqiqiy toza intermediate darajaga chiqing va sizga NECHI KERAK BO'LSA, shunga harakat qiling. IELTSdan dars o'tadigan ustoz bo'lmasangiz, sizga nega kerak 8.0? Siqilmang. Falonchilar bilan ishingiz bo'lmasin.

IELTSdan boshqa kattaroq maqsadlaringiz bo'lsin.

IELTS eng katta maqsadligi bu fojeaku. Shunchaki testku bu. Oddiygina bitta tilni qanaqa darajada bilishingizni isbotlaydi xolos. Shundayam aniq isbotlolmaydi. Yengil qarang. IELTS xohlagandek qilib nog'orasiga o'ynab bering. O'zini usullarini o'rganing. Qachongi darajangiz intermediatega chiqqanidan keyin.

Ungacha General Englishni o'stiring. Podcast eshiting, tushunib eshiting, so'zini yodlang. YouTubeda informative, scientific videolar ko'ring. Sizga qiziq bo'lsin. Kitoblar o'qing, maqolalar o'qing. Medium, Pocket dasturlari bor. Yozing. Kundalik yozing kamida. Gapiring o'zingizga gapiring. Sherik shart emas!

Xullas, General Englishni o'stirish oson. Faqat o'zingizga qiziq va foyda beradigan yo'lni topsangiz. Eng asosiysi, IELTS uchun emas, tilni o'rganish, dunyoqarash kengaytirish, yangi eshiklar ochish uchun o'qing

Bu postni qizlarimni kanaliga yozgandim. Bu blogimga moslab yozilmagan. Bu blogda men tabiiy yozolmaydigan bo'lib qolganman. Afsuski

Yours, Marvarid @thoughts_different