Get Mystery Box with random crypto!

Amerikada uy qimmatmi? og'riqli nuqta. Har bir shtatda nar | Mari's planet🇺🇸️

Amerikada uy qimmatmi?

og'riqli nuqta. Har bir shtatda narxlar har-xil. Eng qimmat shtat California. San-Francisco shahrida uylar qimmat. Eng arzoni studio degan uylar. Ular 1 xona bo'ladi. Usha 1 xonani ichida oshxonasi bir burchagida, bir burchagida yotadigan joyi, stol-stuli bo'ladi. Shunaqa tipdagi uyni oyiga $1500 to'lanadiganidan topsa bo'ladi.

1 bedroom uylar ham yaxshi. Ularni alohida living roomi, ushani bir burchagida oshxonasi va alohida yotoqxonasi bo'ladi. Lekin qimmatroq $2000dan past emas. Shunaqa qilib nechta bedroomi borligiga qarab narxi balandlab ketaveradi. Bu uylar xohlasangiz, 2 qavatli kinolardagi uylardan, xohlasangiz domlardan olsangiz bo'ladi. Facebookda marketplacedan topishadi uyni asosan.

Buyoqda shartnoma asosida ko'chasiz uyga. 1 oy yashab boshqa yaxshirog'ini topib shartta ko'chib ketmaysiz. 1 yil, 6 oy, 3 oyga shartnoma qilinadi. Qancha ko'p vaqtga shartnoma qilinsa narxi ham ozgina pastlaydi.

Shunaqa gaplaaar. Savollar bo'lsa qoldiring. Yana nima haqida yozay?