Get Mystery Box with random crypto!

Self-study qilishning 'SQ3R' uslubi haqida! Self-study (self | Thinking Minds

Self-study qilishning "SQ3R" uslubi haqida!

Self-study (self stadiy o'qiladi) qilishning eng samarali usullaridan biri bu – SQ3R (Eskyusriar)dir.

O'qishgaku qiynalib o'qib oldik, o'zi u nima degani?

• S: Survey - tadqiqot qilish;
• Q: Question - savol berish;
• R: Read - o'qish;
• R: Recite - ovozini chiqarib o'qish;
• R: Review - muttasil qaytarish.

1. Avvalambor, biror narsani mustaqil o'rganmoqchi bo'lsangiz, uni yaxshilab tadqiq qilishingiz lozim. O'zi nima u, nima uchun o'rganyapsiz, qachon boshlab qachon tugatmoqchisiz, rostan ham sohada o'zingizni ko'ra olasizmi, mustaqil o'rganishga yaraydigan kitob (self-guide book)ni to'g'ri tanlaganmisiz? Birinchi bosqichda siz mustaqil o'rganayotgan sohangiz bo'yicha umumiy informatsiyaga ega bo'lishingiz kerak bo'ladi.

2. O'rganayotgan kitob/platformadagi tushunarsiz joylarini, savollar berish orqali tushunishga, hazm qilishga oson qilib oling.

3. O'qish qismida va nihoyat material bilan yaqindan ishlashni boshlaysiz. Chunki siz bungacha bo'lgan umumiy ma'lumotlarni barchasiga egasiz. Ana endi yuqoridagi tug'ilgan savollaringizga material bilan yaqindan tanishib, o'qib javob topasiz.

4. Endi bo'lsa olingan ilmni haqiqiymi yoki yo'qligini sinash payti keldi. Egallagan insaytlarningizni ovozingizni chiqarib yoddan ayting. Ovoz chiqarib aytish qismi juda muhim. Ammo, farosatli bo'ling avtobus va metrodagi insonlarni ham ilmingizdan boxabar qilishingiz shart emas, uyda yolg'iz aytsangiz kifoya :)

5. O'rganilgan materialni mutassil ravishda takror qilib turilmasa, esingizdan chiqib ketishi tabiiy. Uni o'zingizning fahmingizga qarab, haftada/oyda/yilda bir yoki bir necha martadir takror qilishni vird qilib olishingiz kerak.

@abdusattor