Ilk tizeri 2013-yilda e'lon qilingan "Cyberpunk 2077" video-o'yini bugun gamerlar e'tiboriga taqdim etilishi kerak edi. Ma'lum sabablarga ko'ra reliz kuni 3 haftaga kechiktirilibdi, ya'ni, 10-dekabr sanasiga.
"CD Project RED" kompaniyasining gamerlarga yuborgan xabarida, buning asosiy sababi o'yin 9 xil qurilma uchun ishlab chiqarilayotgani sababli 9 xil versiyani testdan o'tkazish uzoqroq vaqt talab qilayotgani, ayniqsa, uydan turib ishlash vaziyatni yanada og'irlashtirgani aytilgan.
Bu o'yinning 3-marta kechiktirilishi. O'yin aslida 16-Aprelda chiqishi kerak edi, pandemita tufayli avval 17-sentyabrga, keyin 19-noyabrga ko'chirilgan edi. Mana endi 10-dekabrga.
Uzoq kutilishga yarasha o'yin ekaniga umid qilamiz va kuzatishda davom etamiz.
@TheTechnoAli