Get Mystery Box with random crypto!

​O'yinlar AMDdan boshlanadi: RIP NVIDIA? AMD shu oy boshida I | Techno Ali

O'yinlar AMDdan boshlanadi: RIP NVIDIA?

AMD shu oy boshida Intelning so'nggi avlod protsessorlarini sifat bobida ham, narx bobida ham yenga oladigan ZEN 3 protsessori asosiga qurilgan Ryzen 9 CPU modellarini taqdim etgan edi. Kompaniya rahbari Doktor Lisa oy oxirida geym-chenjing videokartani e'lon qilishga va'da qilgan edi.

Yangi videokartaga muxlislar "Big Navi" deb laqab qo'yishgan va Doktor Lisa shu nomni saqlab qolishga qaror qilgan. Big Navi tarkibidagi GPU protsessori yangicha RDNA2 arxitektura uslubida ishlangan bo'lib, 7 nanometrlik, 29,5 milliard tranzistorlardan iborat. Yangi Big Navi videokartasi 3ta modelda ishlab chiqariladi, eng qizig'i, uchalasi ham 16GBlik GDDR6 xotirasiga ega.

Radeon RX6800 - $579lik videokarta 60ta hisoblash bo'laklariga ega va 1,8GHzlik siklda ishlaydi. 250 wattlik quvvat talab qiladi.

Radeon RX6800XT - $699lik videokarta 72ta hisoblash bo'laklariga ega va 2GHzlik siklda ishlaydi. 300 wattlik quvvat talab qiladi.

Radeon RX6900XT - $999lik videokarta 80ta hisoblash bo'lagiga ega va 2GHzlik siklda ishlaydi. 300 wattlik quvvat talab qiladi.

RX6800 videokartasini Nvidianing RTX2080Ti modeli bilan, RX6800XT videokartasini RTX3080 bilan, RX6900XTni esa, RTX3090 bilan bemalol raqobat qila olishini va'da qilishmoqda.

Lekin nega endi uchala videokartaning ham grafik xotirasi 16GB ekani hozircha noaniq. Demak, kuzatishda davom etamiz!

@TheTechnoAli