Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma Ijtimoiy tarmoq (instagram, telegram)lardan foydalan | The Shaxsiy

#Eslatma

Ijtimoiy tarmoq (instagram, telegram)lardan foydalanuvchi hurmatli muslimalar, Alloh hijobingizni mukammal qilsin, sizga ba'zi eslatmalarim bor edi.

Ijozatingiz ila:

• avvalo, ijtimoiy tarmoqqa zaruratsiz kirmang;

• kirsangiz nomahramlardan o'zingizni uzoq tuting;

• ular bilan zaruratsiz yozishmang;

• yozishga to'g'ri kelsa, gaplaringizni bezamay, mutlaq rasmiy tarzda yozing;

• yozish chog'ida kabi "smaylik"lar bilan holatingizni ifodalamang,

• ovozingizni satrlaganingizdek maktubingizni ham satrlang;

• nomahramlar bo'lgan guruhlardan chiqib keting;

• nomahramlar sizni kuzatib turganini bilgan holda hech bir postga izoh (izoh) yozmang;

• ular sizga salom bersa, alik qaytarmaslikkada haqqingiz borligini unutmang;

• so'zlovchi bo'lishdan ko'ra kuzatuvchi bo'lishga harakat qiling;

• zaruratsiz adminlik qilmang;

• muslimalarning sizdagi ilmga ehtiyojlari bo'lsa, erkaklardan xoli sahifada faoliyat yuriting;

• so'ngra ijtimoiy tarmoqdagi ishingiz bitishi bilan darhol chiqib keting...

Xullas, ijtimoiy tarmoq ham bir ko'cha. Solihalar ko'chaga zarurat bo'lmasa chiqishmaydi. Chiqishsa ko'rinishmaydi. Ko'rinishsa fitnaga solishmaydi.