Get Mystery Box with random crypto!

#xolis_fikr Tasavvur qiling: Ko‘chada ketyapsiz-u, yo‘l chekk | The Shaxsiy

#xolis_fikr

Tasavvur qiling: Ko‘chada ketyapsiz-u, yo‘l chekkasidagi bir qizga bexosdan ko‘zingiz tushib qoldi. Uning uyatnamo kiyinishi esa har qanday erkakning e‘tiboridan chetda qolmaydi.
Bu qiz bir kunda 5 soatni ko‘chada, ishda va boshqa joylarga borish bilan o‘tkazadi. Xo‘sh, keling endi siz bilan bir hisob kitob qilaylik.
Bir daqiqa davomida uning kiyimlari yopishib turgan badaniga taxminan 10 kishining ko‘zi tushdi deylik. Endi diqqat qiling! 1 soat davomida 600 kishining suq ko‘zlari bilan qarashiga matematika ham kafolat beradi.
Xo‘sh, davom etamiz. 5 soat davomida 3,000 inson bu qizga faqat yaxshi ko‘z bilan qaradi deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, afsuski.
Endiiii, asosan insonlarda ikkita ko‘z borligini inobatga olsak, hisobimizdagi  (3 000 × 2 = 6 000) raqamlarning ikki barobarga oshganini ko‘rishimiz mumkin.
Eng yomoni birgina shu qizni deb 3 000 kishi gunohga botgani.
Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bir kunda 6000 ta shahvoniy ko‘zlar tekkan qizga uylangan bo‘larmidingiz? Yoki uni yaqin insoningizga ravo ko‘rarmidingiz?
Eng yomoni, u sizning singlingiz yoki opangiz bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
Shu o‘rinda:
Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bexosdan qarash haqida so‘radim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ko‘zingni chetga bur!" dedilar" (Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari).


So‘zlarim kimningdir yuragiga ozor bergan bo‘lsa, uzur(((

Otash Yashin

@theshaxsiy