Get Mystery Box with random crypto!

Samarali muloqotning 5 ta muhim qoidasi 1. Suhbatdoshni samim | . 11

Samarali muloqotning 5 ta muhim qoidasi

1. Suhbatdoshni samimiy maqtang. Lekin nooʻrin va ortiqcha matqov sizning zararingizga ishlashini ham unutmang. Shunchaki undan biror yaxshi sifatni toping va gap orasida qistirib keting.

2. Tinglang. Odamlar oʻzini tinglashlarini xohlashadi. Tinglashni bilsangiz, suhbatdoshning ishonchiga kirasiz, unga yoqib qolasiz.

3. Savollar soʻrang. Savol soʻrash sizni yaqinlashtiradi. Suhbatdosh meni tinglayapti ekan, deb ichida xursand boʻlib ketadi.

4. Ochiq boʻling. Bu tana harakatida ham bilinib tursin. Yuzda biroz tabassum, qoʻllar koʻkrak qafasida birlashtirilmagan (qoʻllarni birlashtirish yopiq holat). Kafeda oʻtirgan boʻlsangiz, orangizda kofe chashkasi, sumka va h.k.lar boʻlmasin. Kofe chashkasini bir qoʻlda ham ushlasa boʻladi, ikki qoʻllab tutib turish – yopiq holat.

5. Koʻz kontaktini taʼminlang. Suhbatdoshning koʻzlari rangini aniqlashga harakat qiling. Koʻzlarni olib qochmang.
https://t.me/joinchat/AAAAAEl0FJxPDQpJbvnQgw