Get Mystery Box with random crypto!

Xamidullo Xudoyberdiyev

Telegram kanalining logotibi thelazy_programmer — Xamidullo Xudoyberdiyev X
Telegram kanalining logotibi thelazy_programmer — Xamidullo Xudoyberdiyev
Kanal manzili: @thelazy_programmer
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-03-14 11:33:34
nodejs micro and macro task
15 viewsedited  08:33
Ochish/sharhlash
2023-03-12 20:10:05 Vaqtni qayerdan olsam bo’ladi?

Ingliz tili, arab tili, dasturlash o’rganmoqchiman

Zo’r odamlar bilan tanishmoqchiman

Kitob o’qimoqchiman

Quron yodlashim kerak

Vaqtni qayerdan olsam bo’ladi?

Time-management sirlari bormi?

Bir kosa ovqat bilan 4ta och kishini to’ydirsa bo’ladimi?

Iloji yo’q. Kosa hajmi o’zgarmaydi. Ozgina ovqatga odam to’ymaydi.

Yoki bir kishi to’yadi, yoki 4ta chala to’ygan odam bo’ladi.

Vaqt o’zgarmas. Cho’zilmaydi, qo’shilmaydi. Yoki bitta ishni yaxshi qilasan, yoki 4ta ishni chala.

Biror narsani qilishni boshlash uchun boshqa narsani qilishni to’xtatish kerak.

Fokus — nima qilishni emas, nima qilmaslikni tanlash.

Keyingi safar maqsad qo’yganda

Ingliz tilini o’rganaman deb qo’yma.

Vaqt topa olmaysan baribir

Kuniga 2 soat instagram o’rniga 2 soat ingliz tili o’rganaman deb qo’y.

@azizrakhimov_blog
12 views17:10
Ochish/sharhlash
2023-03-11 17:07:08 SOLID tamoyillari

SOLID
- bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun 5 ta muhim tamoyil hisoblanadi.

S — Single Responsibility

Misol uchun bizda User classi mavjud. Agarda User classi ko'p vazifalarga ega bo'lsa, u xatolar ehtimolini oshiradi. Sababi User classining biror bir qismi o'zgarsa, boshqa qismlarining o'zgarishiga olib kelishi mumkin. Single Responsibility tamoyilining asosiy maqsadi alohida qismlarga ajratib ishlashga qaratilgan. Misol uchun User classining ikkinchi darajali metodlari alohida yangi classga o‘tkaziladi.

O — Open Closed

Bu tamoyilda class kengaytirishlarga ochiq, o'zgarishlarga esa yopiq bo'lish kerak. Misol uchun bizda qandaydir class mavjud bo'lsa va u classning biror bir metodiga yangi imkoniyat qo'shilsa, o'sha classning metodiga shartlar qo'yib yana uni test qilish uchun hamma qismini test qilishga to'g'ri keladi. Open Closed tamoyilining asosiy maqsadi shu holatni oldini olish. Yani class biror metod bo'lsa va yangi imkoniyat qo'shilganda yangi class yaratilib u asosiy classning metodidan foydalaniladi. Shunda biz faqatgina oxirgi qo'shgan imkoniyatimizni test qilishga erishamiz.

L — Liskov Substitution

Bu tamoyilga binoan ota class bajara oladigan amallarni bola class ham bajara olish kerak. Agar bola class ota class bajara oladigan amallarni bajara olmasa xatolik yuzaga kelishi mumkin. Tasavvur qiling, Vehicle degan ota class bo'lsa, Car va Bus class'lari bola class hisoblanadi. Endi Liskov Substitution tamoyiliga binoan Car va Bus ham Vehicle bajara olgan amallarni bajara olishi kerak yoki bir xil turdagi natijani berishi kerak.

I — Interface Segregation

Foydalanuvchi o'ziga kerak bo'lmagan interface'dan foydalanishga majbur bo'lmasligi kerak. Bu tamoyilga binoan umumiy interface'lardan ko'ra bir qancha kichik interface'lar afzalroq. Tasavvur qiling, dasturdan foydalanuvchilarning ba'zilari uchun qandaydir metod kerak bo'lib qoldi. Ammo biz asosiy interface'ni o'zgartirsak qolgan foydalanuvchilar uchun bu metod mavjud bo'lib qoladi, zero ular foydalanishni hohlamasalar ham. Bunday holatda Interface Segregation'ga amal qilgan holda asosiy interface'dan meros olib yangi metodni qo'shib kerak bo'lgan foydalanuvchilarga taqdim etamiz. Shunda har bir foydalanuvchi o'ziga kerak bo'lgan interface'dan foydalanadi. Va xatoliklar chiqishi ehtimoli kamayadi.

D — Dependency Inversion

High-level level'dagi modullar low-level modullarga qaram bo'lib qolishi kerak emas. Misol uchun Notification class'i mavjud bo'lsa send message va send email metodlari notification'ga emas balki biror bir abstraction'ga tegishli bo'lishi kerak. Yani send message hamda send send email metodlari Messaging class'iga tegishli bo'lishi kerak va Messanging class'i esa Notification class'iga bog'langan bo'lishi kerak.

Maqola foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ulashing!

@usmon_masudjonov
14 views14:07
Ochish/sharhlash
2023-03-11 07:26:38
16 views04:26
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:33:46 Muhim narsalarni bilamiz

1,5 yoshli o’g’lim bilan gaplashish va ko’p narsalarni o’rganishni boshladik.

O’ylab qoldim.

Odam hayotida kerakli hamma qoidalarni maktabga chiqqunicha o’rganib bo’lar ekan.

Soddaroq tilda faqat.

Biron nima oldingmi, joyiga qo’yib qo’y.

Yaqinlaringni hafa qilma.

Kech uxlama.

Qiziq va foydalimi? Qilaver.

Ko’chaga chiqib aylanib tur.

Shirinlik yema, mevadan ol.

Youtube ko’rma, kitob o’qi (yoki kitobga qarab tur).

Demak muammo bilmasligimizda emas.

Muammo amal qilmasligimizda.

@azizrakhimov_blog
18 views04:33
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:31:55 Meni tushunishmaydi

Ichingizdagini tushuntiryapsiz. Tushunishmayapti.

Ota-onangiz, do’stingiz, xodimingiz.

Ayb ularda deb o’ylaysiz. Odamlar meni tushunmaydi deysiz.

Ayb ularda emas. Ayb sizda.

Bilimi har xil odamlarning suhbatini kishi va bolaning suhbatiga o’xshataman.

Bola kattaning darajasiga chiqa olmaydi. Vaqt kerak.

Katta esa tusha oladi. Sodda misollar kerak.

O’qituvchining mahorati bilishda emas. Sodda qilib tushuntira olishda.

Bilmagan narsasini tushunishi uchun mehnat qilishini kutmang.

Siz bilgan narsangizni soddalashtirish uchun mehnat qiling.

Soddalashtira olmayapsizmi?

Unda hali o’zingiz ham yaxshi tushunmabsiz.

@azizrakhimov_blog
17 views04:31
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:30:33 Rumination

Miya 30% vaqtini o’tmishni o’ylashga sarflaydi. Nega unday bo’ldi? Boshqacharoq qilsam bo’lmasmidi Qilinmagan ishlar, erishilmagan yutuqlar, boshqalarning natijasi miyada aylanaveradi.

Ruminatsiya. Shayton vasvasasi.

Yutish uchun dushmanga o’z quroli bilan kurashiladi. Ovozingiz “hammasi boshqacha bo’lishi mumkin edi” desa, “ha” deng. Boshqacha bo’lishi mumkin edi. Yomon tarafga ham.

“3 yil oldin treyder bo’lib boyib ketishing mumkin edi”.

-3 yil oldin usta bo’lib, qurilishda qo’limdan ayrilishim ham mumkin edi.

“Vizang chiqqanida AQShda yashayotgan bo’lishing mumkin edi”.

-Aeroportga ketayotganda halokatga uchrab o’lib ketishim ham mumkin edi.

Afsus o’rnini shukr egallaydi.

@azizrakhimov_blog
14 views04:30
Ochish/sharhlash
2023-03-10 07:27:31 Tezroq o’rganish

O’g’lim choynak so’zini biladi. Issiq so’zini biladi.

Choynak issiq, ushlama deb rosa aytaman. Baribir ushlashga urinadi.

Bugun ushladi. Qo’li kuydi. Endi ushlamayapti.

2ta xulosa:

Qilib ko’rish. Xato qilish. Xatodan keyin o’zgarish. O’rganishning eng tez usuli.

Ustozing aytganida o’zgarmasang, qo’ling kuyib baribir o’zgarasan.

@azizrakhimov_blog
15 views04:27
Ochish/sharhlash
2023-03-09 12:46:04
The Rolling Scopes School invites you to a free online course, AWS Fundamentals, which starts on March 14th!

The course includes weekly assignments and online meetings with RS School mentors and AWS architect Egor Myasnikov.

It is expected that at the end of the course, you will have enough knowledge in AWS to receive the "AWS Cloud Quest: Cloud Practitioner" badge, and you will be ready to take the certification exam.

"AWS Cloud Quest: Cloud Practitioner" badge
Free of charge
Online
In English
Starts on March 14th

Experience working with AWS and other clouds is not required.

More details and registration can be found at the link:
https://wearecommunity.io/events/rs-aws-2023q1
15 views09:46
Ochish/sharhlash
2023-03-09 08:03:21 https://microservices.io/
16 views05:03
Ochish/sharhlash