Get Mystery Box with random crypto!

Internet - inson kapitali boyishining asosiy manbai Iqtisodiy | The Ozodov

Internet - inson kapitali boyishining asosiy manbai

Iqtisodiyotning aggregat tushunchalari, masalan, Yalpi Ichki Mahsulot, Inflyatsiya yoki Savdo balansi kabilar bu yakuniy o'lchovlar xolos. Aslida Iqtisodiyotdagi eng muhim element bu inson - uning yaratuvchanlik qobiliyati.

Inson kapitalini tashkil qiluvchi asosiy tushunchalar insonning to'rt muchasi sog'ligi, bilim va ko'nikmasi, iqtisodiyot uchun nimadir yarata olishi va jamiyat boyishiga xissa qo'shadigan amallaridir. Inson kapitali yetarlicha rivojlanmagan davlat hech qachon boy bo'la olmaydi, va odatda ma'lum davr o'tib, davlat sifatida yer yuzidan yo'q bo'lib ham ketadi. Buning aksi, davlat rivojlanishi, gullab yashnashi va uzoq yashashi uchun insonlar tinimsiz yaxshilanib borishi kerak - jismonan va aqlan.

Bugungi kunda inson kapitalining eng asosiy drayverlaridan biri bu internet. Insonlar bilim va malaka to'plashi uchun internet kerak, to'siqlarsiz, sifatli va barqaror internet kerak. Internetning sun'iy qimmat bo'lishi, undagi foydali kontentlarning bila turib, ongli ravishda cheklanishi bu to'g'ridan-to'g'ri ommaviy jinoyatdir. Bizni yanada kambag'allashtiradigan "tashabbuslar"ni qilayotganlar bugungi va kelajak avlod oldida javob berishi shart.

@The_Ozodovv