Get Mystery Box with random crypto!

#News Apple Rossiyadagi eng katta ijtimoiy tarmoq ilovasini A | The Makhmoodovich

#News

Apple Rossiyadagi eng katta ijtimoiy tarmoq ilovasini App Store'dan olib tashladi

Bir necha oy oldin Apple Rossiya bozorini tark etib, u yerda hech qanday savdolarni davom ettirmalikka qaror qilgan edi. Endi kompaniya App Store do‘konidan Rossiyaning mahalliy ilovalarini olib tashlamoqda. Ushbu ilovalar ichida Facebook uchun muqobil bo‘lgan VKontakte ham bor.

VKontakte'dan tashqari Mail.ru, VK Music hamda Youla ilovalari ham olib tashlandi. Ushbu ilovalarni oldindan yuklab olganlar hech qanday cheklovlarsiz ulardan foydalanishlari mumkin. Ammo bildirishnoma hamda to‘lov tizimlariga cheklovlar kiritilgan bo‘lishi mumkin.


@The_Makhmoodovich