Get Mystery Box with random crypto!

Shuncha jonli tarakan yetmay turgandi bizga! Yaponiyalik oli | The Makhmoodovich

Shuncha jonli tarakan yetmay turgandi bizga!

Yaponiyalik olimlar qidiruv missiyalari uchun kiborg tarakanini ixtiro qildi

Yaponiyadagi Riken instituti tadqiqotchilari qidiruv missiyalariga, jumladan, zilzilalardan keyin vayronalar ostidagi odamlarni aniqlash uchun yuboriladigan, radio boshqaruvga asoslangan kiborg tarakanini ixtiro qildi.

Qayd etilishicha, bunday operatsiyalarda ishtirok etadigan tarakan oddiy tirik hasharot bo‘lib, u turli elektronika bilan jihozlangan “ryukzak” oladi. Bu operatorga elektr impulslarini his-tuyg'ulariga yo'naltirish orqali tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi.

Tajribalar uzunligi 6 sm bo‘lgan Madagaskar tarakanlarida o‘tkazildi. Shuningdek, ularda qanotlari yo'q, bu ularga "ryukzak" ulash imkonini beradi.


@The_Makhmoodovich