Get Mystery Box with random crypto!

1. Agar erkak kishi ayoliga xiyonat (zino) qilsa, jazosi o‘lgu | The_ihlas

1. Agar erkak kishi ayoliga xiyonat (zino) qilsa, jazosi o‘lgunicha toshbo‘ron qilinishidir! (Bu hukm bu dunyoda bajarilmasa, oxiratda jazosini oladi)
2. Ayolning ustiga uylansa, lekin u ayollarning orasida adolat qilmasa, qiyomat kuni bir tomoni shol holida tiriladi.
3. Va’da qilingan mahrni bermasa, u - o‘g‘ri.
4. Sababsiz ayolini taloq qilsa, bergan narsalarini qaytarib olishga haqqi yo‘q!
5. Merosda ayolining haqqini yesa, Allohning chegarasini buzgan bo‘ladi. Allohning chegarasini buzgan o‘ziga zulm qilibdi.
6. Uni ursa, xorlasa, u pastkash, hurmat qilsa— mard.
7. Agar ayolini yomon ko‘rsa, sabr qilsin! "Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz. (Baqara surasi, 216-oyat)".
8. Taloq qilsa ham, uning yaxshi fazilatlarini aslo unutmasin! Boshqalarga yomon otliq qilmasin!
9. Ajrashishsa, bolalaridan ayirmasin. Ularning nafaqalarini berib tursin!
10. Ayol o‘z mulkida ozoddir. O‘zi istaganidek tasarruf qiladi. Eriga undan ehson qilsa, unga ajr yoziladi. Bermasa, tortib olishga haqqi yo‘q!
11. Er ayolning yeb-ichishi, boshpana, kiyim-kechagi, moliyaviy xarajatlariga imkoniyatdan kelib chiqib mas’ul.
12. Ayol kishiga g‘amxo‘rlik qilishi, shari’atning taklifi. Ayol kishining eriga itoati - Allohning yo‘lida bo‘lish demakdir.
13. Er yaxshilikka buyursa, itoat qilishi, Xoliqqa qarshi, ma’siyatga buyursa, bosh tortishi shart.
14. Shu sabab eridan ajrashishni istasa, mahrini olmaydi, qaytarib bersa unga gunoh yo‘q!
15. Ayolini himoya qilib o‘lgan inson, Allohning yo‘lida o‘lgan bo‘ladi.
16. Nabiy (s.a.v) bir muslimaning sha’ni uchun Banu Qaynuqo’ga qarshi g‘azot ochganlar. (U voqea mashhur).
17. Ayol kishi sabab xalifa Mu’tasim o‘z qo‘shinini Amuriyaga boshlab borgan.
18. "Pokiza ayollarga (bo‘hton) toshi otib, so‘ngra to‘rtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar(Nur surasi, 4-oyat).
19. Unga qanday zulm qilinsa, zolimdan xuddi shu tarzdan intiqom olinadi.
20. Er xotiniga chiroyli muomalada bo‘lishi va uning ozorlariga chidashi lozim. Alloh taolo Niso surasida 19-oyatida:
"... va ular bilan yaxshilikda yashang", degan.
21. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh (s.a.v) vidolashuv hajida shunday dedilar: "Bas, ayollar haqida Allohdan qo‘rqinglar! Chunki siz ularni Allohning omonati ila olgansizlar"
(Imom Muslim, Abu Dovud va Molik rivoyat qilishgan).

@the_ihlas