Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar uchun duolar toʻplami Aksariyat abituriyentla | The Fergana Times

Abituriyentlar uchun duolar toʻplami

Aksariyat abituriyentlar 2023-yilgi kirish  imtihonlariga qattiq kirishib, kunu tun talaba boʻlish niyatida harakat qilmoqdalar. Darhaqiqat, talaba boʻlish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba boʻlishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda.

Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim. Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida boʻlish niyati boʻlsin.

1. «Robbi yassir va la tuʼassir. Robbi tammim bil-xoyri».
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

2. «Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ʼuqdatan min lisani yafqohu qovliy» (Toho, 25-28).
«Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bagʻrimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.

3. «Robbi zidni ilman va fahman».
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

Barcha yaqinlarga ulashing!!!


https://t.me/the_fergana_times