Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi: Biz kuniga 2 mi | The Fergana Times

O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi: Biz kuniga 2 ming kishiga ko‘payyapmiz

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

Mamlakatimiz aholisi 2022-yilda 753,6 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2022-yilning har bir oyida o‘rtacha 62,8 ming kishiga oshgan.

2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda.

O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda.

Aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida 41 o‘rinda qayd etilgan.

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring)
@the_fergana_times