Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon tugay deb qoldi. Kim qanday ibodat qildi/qilmadi gapir | The Fergana Times

Ramazon tugay deb qoldi. Kim qanday ibodat qildi/qilmadi gapirmoqchi emasman. Eng e'tiborimni tortgani tarovehdagi ba'zi holatlar bo'ldi.

Birinchi kun. Juda ko'p insonlar chiqqan. Ularni aksari media ta'sirida zo'r bo'lsa kerak deb yugurib boravergan. Lekin dastlabki 4 rakatlik va 8 rakatlikdan keyin juda ham ko'pchilik jamoatni tark etishni boshlarkan.

Diniy amal har kimning shaxsiy ishi. Hech kimni malomat qilmoqchi emasman.

O'ninchi kun. Namozga keladiganlar soni ancha kamaygan. Tashqi hovli deyarli bo'sh turgan kunlar boshlandi. Endi to'liq o'qimasdan tark etuvchilar soni ham kamaygan.

Oxirgi kun. Masjid bezatilgan. Sovg'alarga to'la. Xatm qilinadigan kun shu. Aytishlaricha, 236 ta xatm kelgan. Xatm qilganlarning eng kichigi qizaloq — 6 yoshli Rayyona edi. Yana 8 yoshli Muhammadiy ismli bola ham xatm qilibdi.  Yosh borasidagi raqamlarni eshitib ichimdan zil ketdi. Sababi ko'pchiligimizda bir xil bo'lsa kerak...

Olgan xulosam shu bo'ldi: kim erta boshlasa, erta yutuqqa erishadi (bolakaylar misolida). Maqsad qanchalik jiddiy bo'lsa, shu maqsad yo'liga kirib, tezda chiqib ketuvchilar shunchalik ko'p bo'ladi (tarovehdagilar misolida).


@the_fergana_times