Get Mystery Box with random crypto!

#grammar ​​​​ 12-dars Fonetik qoidalar Ingliz tilini yangi | English studio

#grammar
​​​​ 12-dars
Fonetik qoidalar

Ingliz tilini yangi o'rganayotgan o'quvchilarda birinchi duch kelinadigan qiyinchiliklardan biri so'zlarni talaffuzi desak adashmaymiz. Shu sababli bu galgi darsimizda ingliz tilidagi ba’zi harflarning o’qilishi haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harf turlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib,
1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi.
Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all[o’:l]

2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan:make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple[eppl]

3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:]

4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good[gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:]

5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti]
Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap],coffee [koffi]

6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv]degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit[kvit], question [kvestshn]

Yangi so'zlar:
call – chaqirmoq
small – kichkina
make – tayyorlamoq, yasamoq
cake – tort
see – ko’rmoq
cook – pishirmoq
good – yaxshi
door – eshik
floor – qavat
cinema – sinema
city – shahar
cat – mushuk
cup – finjon, piyola
coffee – kofe
queen – qirolicha
quit – chiqmoq
question – savol


Biz bilan grammatika 0 dan
@The_English_studio
@The_English_studio