Get Mystery Box with random crypto!

KITOB OʻQIYVERING Mashoyixlardan biri hikoya qiladi: Bir kuni | The Books

KITOB OʻQIYVERING

Mashoyixlardan biri hikoya qiladi: Bir kuni shayximga: "Ustoz, ushbu kitobni toʻliq oʻqib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi", dedim.

Shunda ustozim bir dona xurmo berib: "Buni chaynab yegin dedi" va birozdan soʻng menga: "Katta boʻlib qoldingmi?", dedi.
Men: "Yoʻq", dedim.

Ustozim: "Lekin bu xurmo mayda-mayda boʻlib, sening jasadingda goʻsht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylangan", dedi.

Shundan anglab yetdimki, men oʻqiyotgan kitob ham mayda-mayda boʻlib, oʻzim bilmagan holda mening lugʻat boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, axloqimni sayqallar hamda gapirish uslubimni goʻzal qilar ekan".

O'zingiz uchun