Get Mystery Box with random crypto!

Telegram 9.4 versiyaga yangilandi Profil rasmini yaratish vos | Telegraph Uzbekistan

Telegram 9.4 versiyaga yangilandi

Profil rasmini yaratish vositasi, butun chatlarni tarjima qilish, emoji turkumlari va boshqalar

Emoji profil rasmlari.
• Istalgan stiker yoki animatsiyali emojini hisob, guruh yoki kanallaringiz uchun tezda profil rasmiga aylantirishingiz mumkin.
Maslahat: Kontaktlaringizga profil rasmini belgilash yoki taklif qilish uchun uchun Telegramda ularning profilini tahrirlang.

Butun chatni tarjima qilish.
• Premium foydalanuvchilar butun chatni real vaqt rejimida tarjima qilishi mumkin.

Emoji turkumlari.
• Stiker va emojilar endi holatingizga eng mos keluvchi yoki emojisini topishingizga yordam beradigan tezkor qidiruv tugmalariga ega.

Tarmoqdan foydalanish.
Sozlamalardagi yangilangan Tarmoqdan foydalanish ruknida Telegramda qancha trafik sarflaganingizni tekshirishingiz va avtomatik yuklab olish sozlamalarini oʻzgartirishingiz mumkin.

Kiruvchi mediani avtomatik saqlash.
• Media galereyangizga hajmi, turi va qaysi chatdan olinishiga asosan avtomatik saqlanishini, jumladan, alohida chatlar uchun istisnolarni boshqarishingiz mumkin.

Guruhlarda media ruxsatlari.
• Adminlar rasm, ovozli xabar va videoxabarlar kabi 9 ta media turi uchun alohida ruxsatlarni boshqarishi mumkin.

Botlar uchun chatlarni tanlash.
• Bot dasturchilari foydalanuvchilarga oldindan belgilangan mezon asosida guruh, kanal yoki kontaktlarini tezda tanlash imkonini beradigan tugmalarni qoʻshishi mumkin.

Yillik Premium obunasi.
• Endi Telegram Premiumga 40% gacha chegirma bilan obuna boʻlish mumkin.

Yangi maxsus emojilar.
• Telegram rassomlari maxsus emojilarning 10 ta yangi toʻplamini yaratdi. Ularni emojilar panelingizning yuqori qismidagi yangi trenddagilar boʻlimida toping.


Koʻproq interaktiv emojilar.
• Yakkama-yakka chatlarda bitta emojisini yuboring va butun ekran effektlarini ishga tushirish uchun ustiga bosing yoki ulardan istalgan chatda reaksiyalar sifatida foydalaning.

Bu yangilanish haqida batafsil:
VIDEO (TEZ ORADA) | MAQOLA

PlayStore | AppStore | APK

#telegram #tgram
@TGraphUz | YouTube