Get Mystery Box with random crypto!

​​ Auktsion'ga START berildi! – Yaqin orada barcha foydalanu | Telegraph Uzbekistan

​​ Auktsion'ga START berildi!

– Yaqin orada barcha foydalanuvchilardan "chopilgan" va "gold" Usernamelar (talaffuzda Yuzerneymlar) xech qanday muzokarasiz auktsionga joylab yuborildi.

Tarqagan xabarlardan Fragment.com orqali usernamelarni sotib olish haqida xabar topdingiz shekilli? Keling unda u haqida batafsil ma'lumotga o'tamiz:

• Barcha usernamelar faqat TON kriptovalyutasi bilan sotib olinadi;
Eng arzon username 500TON, eng qimmati esa xozirda 10 500TON;
• Auktsion ochilgach, 7 kun ichida yakunlanadi. Har safar yangi taklif belgilanganida muddat yana yangilanadi;
• Hozirda saytda A dan H gacha bo'lgan bosh harfli foydalanuvchi nomlari mavjud. Boshqalari keyinroq paydo bo'ladi;
• Agarda usernamu uchun auktsion ochilmasa, uning narxi 24 soatdan so'ng 12TON miqdorda pastlaydi;
• Narx pastlashining oxirgi nuqtasi xozircha noma'lum;
• Lot (username stavkasi) yangiliklar bildirishnomalarini yuboradigan @fragment boti mavjud;
• Platformada har qanday lot "to'plam" sifatida belgilanadi, shuning uchun tez orada uning ko'proq turlari paydo bo'ladi: kanallar, stikerlar, kulgichlar;
• Boshqa xizmatlar ham o'z elementlarini platformaga birlashtira oladi;
• Telegram keyingi yangilanishida xarid qilingan ayrim mahsulotlardan qanday foydalanish mumkinligini batafsil bilib olishimiz mumkin.
• Telegram FAQ'da shuningdek, Telegram’da hozirda qo‘llanilayotgan ismlar keyinroq saytda paydo bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Ehtimol, bu foydalanuvchilar o'zlarining nomlarini auktsionga joylashlari mumkinligini anglatadi.

TON KURSI - 1TON=1.91$≈21 300SUM

#ton #username #auksion
@TGraphUz | YouTube