Get Mystery Box with random crypto!

Telegram 9.0 versiyaga yangilandi Cheksiz reaksiyalar, emoji | Telegraph Uzbekistan

Telegram 9.0 versiyaga yangilandi

Cheksiz reaksiyalar, emoji statuslar va boshqalar

Cheksiz reaksiyalar.
• Barcha foydalanuvchilar guruhlar va yakkama-yakka chatlarda yangi kengaytiriladigan reaksiyalar menyusi va oʻnlab yangi reaksiyalarga ega boʻladi.
• Premium foydalanuvchilar har bir xabarda 3 tagacha maxsus emoji yordamida minglab maxsus emojilar bilan reaksiya bildirishi mumkin.

Emoji statuslar.
• Premium foydalanuvchilar minglab maxsus emojilardan birini tanlash orqali ismlari yoniga emoji statuslarni kiritishi mumkin.
• Statusingizni maxsus muddatga ham belgilashingiz mumkin.

Hisobga yanada qulay kirish.
• Tez-tez hisobga kiradigan
foydalanuvchilar emaili yoki Google orqali kirish yordamida tezroq kirish variantini koʻradi.

Yangi foydalanuvchi nomi havolalari.
• Foydalanuvchi nomi havolalari uchun t.me/tgraphuz ga qoʻshimcha ravishda yangi format dastaklanadi. Endi https://tgraphuz.t.me. yoki tgraphuz.t.me kabi havolalar yordamida Telegram hisoblari, guruhlari yoki kanallarini ochishingiz mumkin.

Yuklanmalarga ustuvorlik berish.
• Yuklanmalar menejerida yuklanmalarni qayta tartiblash va ularning ustuvorligini oʻzgartirish uchun roʻyxatdagi biror faylni bosib turing.

Mavzuli ilova ikonkalari.
• Android 13 yoki undan yuqori versiyadagi foydalanuvchilar tizim mavzusi ranglariga moslash uchun ilova ikonkasini belgilashi mumkin.

Bu yangilanish haqida batafsil:
VIDEO (TEZ ORADA) | MAQOLA

PlayStore | AppStore | APK

#telegram #tgram
@TGraphUz | YouTube