Get Mystery Box with random crypto!

'Telegram ocholmayapman?!' Juda ko'pchilik Telegram yoki bo | Telegram Help UZ

"Telegram ocholmayapman?!"

Juda ko'pchilik Telegram yoki boshqa norasmiy messenjerlarda akkaunt ochish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotganidan shikoyat qilishmoqda.

Aniqroq qilib aytganda, muammo – foydalanuvchi Telegram ochmoqchi bo'lganida, raqamiga "akkauntiga kirishni tasdiqlovchi 5 xonali kod" yetib kelmayotganida.


Buning sabablari esa quyidagicha:

Hozirda Telegram akkauntlarga kirish uchun sms-kodlarni yubormay qo'yganligi sababli, endi sms kelishini kutish befoyda. Buning o'rniga Telegram sizga qo'ng'iroq qilishi va qo'ng'iroqni siz kutib turishingiz, profilga avtomatik kirishingiz kerak.

Lekin ba'zida Plus Messenjeridan foydalanganingizda, Telegram sizga kodni aytish uchun qo'ng'iroq qilolmasligi mumkin.


Yechim:

Bunday holatda, akkauntga kirishni Telegram-ning rasmiy ilovasida amalga oshirish talab qilinadi.

1. Rasmiy ilovani o'rnating.
2. Raqamingiz bilan ro'yxatdan o'ting.
3. Rasmiy ilovaga ochilgan akkauntni Plus'ga o'tkazing.

Siz akkauntga ulanish usullari haqida bilmoqchi bo'lsangiz
https://t.me/tghelp_uz/257

Izoh!
Agar Rasmiy ilovadan foydalanganingizda ham Kod yetib kelmasa, Demak bu Plus Messenjerining emas Telegramning xatosi. Bu vaziyatda siz, Telegram qo'llab-quvvatlash markazi bilan bog'lanishingiz kerak: tg://settings/tgsupport



@tghelp_uz