Get Mystery Box with random crypto!

#professionallik Bir haftada bir bet qoidasi – Aksar odaml | IT •|• BLOG •|•

#professionallik

Bir haftada bir bet qoidasi

– Aksar odamlar hozir koʻp kitob oʻqiy olmaslikdan qiynaladi. Buning yechimi oson-ku.

Bir hafta davomida kuniga faqat bir betdan kitob oʻqishni boshlang. Umuman koʻpaytirmang, 2 bet ham boʻlmasin.

Keyingi hafta 2 betga chiqing. Yana bir hafta 2 betdan oʻqing.

Har keyingi hafta bir betdan qoʻshib boring.

1-hafta – har kuni 1 bet
2-hafta – har kuni 2 bet
3-hafta – har kuni 3 bet

...
52-hafta – har kuni 52 bet

Bir yilda 52 ta hafta bor. Bir yil davomida, shu bir bet qoidasini to'xtatmay amalga oshira olsangiz, yil oxirida 52 betni bemalol oʻqiy oladigan saviyaga chiqasiz.

Har kuni 52 bet kitob oʻqigan odam, bir haftada bitta oʻrtacha kitob oʻqib tugatadi. Yiliga 52 ta kitob!

In Shaa ALLOH, 5 yilda oʻz sohangizda professionallikka erishasiz.

@Tg_ItBlog ✓