Get Mystery Box with random crypto!

Jizzaxda bo‘ri so‘ygan fuqaro jarimaga tortildi Qayd etilishi | Tezkor Yangiliklar 24 | Rasmiy Axborot

Jizzaxda bo‘ri so‘ygan fuqaro jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Yangiobod tumanida yashovchi fuqaro tomonidan bo‘rining so‘yilishi aks etgan suratlar tarqalgan. Shundan so‘ng, Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi ekologik inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borilgan. Natijada, ushbu voqea 2 yil oldin sodir bo‘lgani aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

@TEZLIVE