Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Davlat departamenti rasmiysi bayonotlari Vladimir Putin X | TEZKORXABARLAR_24H (RASMIY KANAL MAXFIY XABARLAR BARCHASI BIZDA🚫)

AQSh Davlat departamenti rasmiysi bayonotlari Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan video aloqa orqali gaplashib, uni harbiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirganidan keyin yangragan.

AQSh tashqi siyosat bo‘yicha rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ukrainaga bosqinini davom ettirayotgan bir paytda AQSh Xitoyning Rossiya bilan yaqinlashayotganidan xavotirda.

"Pekin o‘zining betarafligi haqida gapiradi, biroq uning xatti-harakati u hali ham Rossiya bilan yaqin munosabatlarga sarmoya kiritayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi", — dedi Davlat departamenti vakili. U AQSh vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishiga va’da berdi.

Putinning Si Szinpin bilan suhbati haqidagi rasmiy xabarlarda Xitoy rahbari Kreml rahbarining harbiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish chaqirig‘iga aniq qanday munosabat bildirgani haqida ma’lumot berilmagan.


Batafsil Kanalimizda @TEZKORXABARLAR_24_h