Get Mystery Box with random crypto!

Ukraina inqirozi Yevropani harbiy kuchini oshirish masalasini | TEZKORXABARLAR_24H (RASMIY KANAL MAXFIY XABARLAR BARCHASI BIZDA🚫)

Ukraina inqirozi Yevropani harbiy kuchini oshirish masalasini ko‘rib chiqishga majbur qilgani sababli, Qo‘shma Shtatlar joriy yilda NATO ittifoqchilari bilan qurol-yarog‘ bitimlari soni va qiymatini deyarli ikki baravar oshirdi, deb yozadi "Foreign Policy" nashri sharhlovchisi Robbi Gramer.

"O‘tgan yili AQSh hukumati alyans ittifoqchilari bilan taxminan 15,5 milliard dollarlik qurol-yarog‘ bo‘yicha 14 ta yirik bitimni ma’qullagan. 2022 yilda shartnomalar soni 24 taga ko‘payib, Finlyandiya bilan birga taxminan 28 milliard dollarga teng shartnoma imzolangan", - deya yozadi nashr.

Raqamlar ko‘rsatganidek, Qo‘shma Shtatlar naqd pul olishga muvaffaq bo‘ldi va qisqa muddatda Yevropadagi ittifoqchilarga asosiy qurol yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda, deb ta’kidladi muallif.

24 fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operasiya o‘tkazilmoqda.


Batafsil Kanalimizda @TEZKORXABARLAR_24_h