Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda yigit folbin va uning qizini o‘ldirdi Samarqand v | Siz Bop | TV 📺

Samarqandda yigit folbin va uning qizini o‘ldirdi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida folbin va uning qizini o‘ldirgan yigit ushlandi. Bu haqda “Markaziy studiya” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, folbin yigitga “Sen yaqinda o‘lasan. Agar 500 dollar bersang, bir yo‘lini qilib beraman” qabilida gap aytgan. Gumonlanuvchi yigit 100 dollar keltirgan, ammo u bu pul kamligini aytgan. Shunda yigitning jahli chiqib, folbin va uning qizini o‘ldirib qo‘ygan.

“Bolam biror marta ichmagan, chekmagan. Bunday ish qilishiga ko‘zim yetmaydi”, — deydi onasi. Otasi esa o‘g‘lining tinmay ishlashi, ko‘chaga chiqmasligi, spirtli ichimlik ichmasligi, birov bilan urushadigan bola emasligini aytgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

@siz_boptv