Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda Nexia kanalga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok | Siz Bop | TV 📺

Samarqandda Nexia kanalga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Nexia avtomobili haydovchisi harakatlanib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va mashina kanalga ag‘darilgan. Mashinaning old o‘rindiqlaridagi haydovchi va yo‘lovchi suvdan chiqishga ulgurgan, orqada o‘tirgan 3 fuqaro — 15, 16 hamda 29 yoshli yigitlar halok bo‘lgan. Ularning 2 nafari Samarqand tumani 24-sonli maktabning o‘quvchisi bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@siz_boptv