Get Mystery Box with random crypto!

Xitoyda 113 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lag | Siz Bop | TV 📺

Xitoyda 113 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, yonib ketdi

Xitoyning janubi-g‘arbidagi Chunsin shahri aeroportida bortida 122 kishi bo‘lgan Tibet Airlines aviakompaniyasining samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va yonib ketdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Airbus A319 bortida 113 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi evakuasiya qilingan, ayrimlari “yengil jarohatlar” bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Videokuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in o‘chirilgan va uchish-qo‘nish yo‘lagi yopilgan.

Hozircha halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q, hodisa sabablari hali aniqlanmagan.

@siz_boptv