Get Mystery Box with random crypto!

“School 21” raqamli texnologiyalar maktabiga kirish va bepul t | Texnoplov | Техноплов

“School 21” raqamli texnologiyalar maktabiga kirish va bepul ta’lim olish imkoniyati

 “School 21” 27-may kuni boshlanadigan navbatdagi saralash Intensiviga arizalarni qabul qilishni boshladi.

Saralash Intensivi  bu 26 kun davomida IT olamiga sayohat qilish imkoniyati degani. Unda ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni bajarib, kod yozishni o‘rganadi va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilar Asosiy ta’limda o'qish imkoniga ega bo'ladi. Asosiy ta'limda o'qish davomida dasturlash tillari o'rgatilib, majburiy amaliyot o‘taladi. Talabalar olingan ko'nikmalar asosida o'zlariga mos mamlakatning eng yirik IT kompaniyalarida ish topishlari mumkin.

Arizalar 21-may kuniga qadar qabul qilinadi

“School 21”ning saralash Intensiviga ishtirok etish uchun ariza qoldiring
Instagram/ Telegrami
+998 93 0394442

@texnoplov

Youtube | Instagram | TelegramИт