Get Mystery Box with random crypto!

TEXNOLOGIYA IT

Telegram kanalining logotibi texnologiyait — TEXNOLOGIYA IT T
Telegram kanalining logotibi texnologiyait — TEXNOLOGIYA IT
Kanal manzili: @texnologiyait
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.75K
Kanalning ta’rifi

Texno-yangiliklar I Texno-faktlar I Texno-ma’lumotlar
• Reklama — t.me/techno_ads/18

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 64

2021-12-07 15:58:04
Telegram 8.3 versiyaga yangilandi

• Guruh va kanallarda himoyalangan kontent
• Xabarlarni sana asosida oʻchirish
• Ulangan qurilmalarni boshqarish
• Ommaviy guruhlarda anonim post qilish
• Chaqiruv orqali hisobga kirishning yangi usullari
• iOS 13+ uchun matnni aniqlash

Yangilanish haqida batafsil — https://telegram.org/blog/protected-content-delete-by-date-and-more/uz

@texnologiyait
3.4K views12:58
Ochish/sharhlash
2021-12-07 11:00:15
O‘zbekiston internet tezligi reyrtingida yana ko'tarildi

— O‘tgan yildan beri O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha o‘z ko‘rsatkichlarini 37 pog‘onaga yaxshiladi.

— Telekommunikatsiya xizmatlari provayderlarini taqqoslashga ixtisoslashgan Britaniyaning Cable.co.uk nashri hisobotini chop etdi.

— Unga ko’ra O‘zbekistonda 5 gigabaytlik fayl o‘rtacha 6,64 Mbit/s tezlikda yuklangan va natijada O‘zbekiston 224 davlat ichida 166-o‘rinni egalladi.

@texnologiyait
3.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2021-02-14 08:00:45
Oppo X 2021 rulon-smartfoni yangi kadrlarda namoyish etildi.

— Smartfon ichida bir tomonidan xuddi truba shaklida o'rash mumkin bo'lgan displey joylashgan.

— Oppo X 2021 smartfonining displeyi odatiy holatda 6,7 dyuymni va yoyilgan holatda 7,4 dyuym tashkil etadi.

— Bu video tomosha qilish, kitob o'qish yoki o'yin o'ynash uchun qulay hisoblanadi.

@texnologiyait
2.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:15:08
Huawei 2021-yilda o'z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

— Kompaniya endilikda statsionar kompyuterlar, monitorlar va aqlli ko'zoynaklar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi.

— Bundan tashqari, kompaniya Sony, Microsoft va Nintendo bilan raqobatlashish uchun o'z o'yin konsolini ham yaratmoqchi.

@texnologiyait
7.0K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:09
iPhone 12 Pro xarid qilishi uchun qancha vaqt ishlash kerak?

— Ekspertlar gadjet narxini o'nlab mamlakatlardagi aholining o'rtacha ish haqi bilan taqqoslab chiqishdi.

Markaziy Osiyo davlatlaridagi o'rtacha maosh inobatga olinadigan bo'lsa, yangi flagmanni sotib olish oson bo'lmasligi aniq bo'lgan.

O'zbekiston va Qirg'izistonda iPhone 12 Pro olish uchun mos ravishda 123,9 va 157,6 kun ishlashlariga to'g'ri keladi.

Shveysariya va AQShda esa yangi iPhoneni mos ravishda 4,4 va 6,1 ish kuni davomida xarid qila oladilar.

@texnologiyait
5.4K viewsedited  09:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 09:00:20
PDP Academydan 41% gacha chegirmalar

Dasturlashni online o'rganishni xohlaysizmi yoki offline? PDP Academy barcha kurslar uchun cherimalar e'lon qiladi. 15-fevralgacha xohlagan kursingizni 2021-yilning eng katta chegirmasi asosida sotib oling va dasturlashni o'rganing

Online va offline kurslar uchun chegirmalar: 25% dan 41%gacha

Chegirma haqida to'liq ma'lumot olish @PDPSupportBot

(78) 777-47-47
Kursga ro'yxatdan o'tish @PDPSupportBot
Kanalga ulanish @pdpuz
6.6K views06:00
Ochish/sharhlash
2021-02-13 07:01:13
Smartfondan zudlik bilan o'chirilishi kerak bo'lgan ilovalar ma'lum qilindi.

— Ekspertlar birinchi navbatda raqamni aniqlaydigan ilovalarni zararli deb aytishmoqda.

— Keyingi o'rinda batareya quvvatini tejaydigan ilovalardan hech qanday foyda yo'qligi aytildi.

— "Xotira tozalaydigan" dasturlar ham befoydaligi va fonarlar, QR-kod skanerlari ham xavfli ekanligi aytildi.

@texnologiyait
7.4K views04:01
Ochish/sharhlash
2021-02-12 20:19:54
"Arzon" Tesla butun dunyo bo'ylab sotuvga chiqadi.

— Tesla lineykasidagi eng arzon elektrokar global modelga aylanadi va uning taxminiy narxi $25.000 bo'ladi.

— Yangi Car Tesla modellari orasidagi eng arzon hisoblangan Model 3 dan uch barobar arzonroq bo'ladi.

— Elektromobillarni 2021-yilning birinchi yarmida sinovdan o'tkazish boshlanadi va uning qanday ko'rinishda bo'lishi hozircha noma'lum.

@texnologiyait
6.8K views17:19
Ochish/sharhlash
2021-02-12 13:47:01
Pavel Durov Telegramda kutilayotgan reklama haqida ma'lumot berdi.

1. Telegramdagi chatlarda reklama bo'lmaydi.

— Reklamalar shaxsiy va guruh chatlarida bo'lmaydi, faqat katta kanallarda (@durov singari) bo'lishi kutilmoqda.

2. Foydalanuvchi ma'lumotlari target reklama uchun ishlatilmaydi.

— Bizga foydalanuvchi ma'lumotlarini yig'masdan xizmatlarni monetizatsiya qilish yo'li yoqadi.

— Telegramda reklamalar kanal mavzusiga asoslangan bo'ladi, foydalanuvchi haqidagi ma'lumotlarga asoslangan emas.

3. Biz mavjud reklamani takomillashtirmoqdamiz.

— Aksariyat bozorlarda Telegramda kontent yaratuvchilar o'zlarining kanallarida reklama postlarni joylashtirib, o'zlarining kontentini monetizatsiya qilishmoqda.

— Biz ushbu vaziyatni kanal egalariga maxfiylikka asoslangan alternativa taklif qilib tuzatmoqchimiz.

Pavel Durov

@texnologiyait
6.9K viewsedited  10:47
Ochish/sharhlash
2021-02-12 07:45:12
Xiaomi kompaniyasi Mercedes samokatini taqdim etdi.

— Samokat bir quvvatlanish orqali 45 km yo'l yuradi, maksimal tezligi esa soatiga 25 km tashkil etadi.

— Samokatning rul qismiga suyuq-kristall ekran o'rnatilgan bo'lib, u kerakli ma'lumotlarni tasvirlaydi. 

— Samokat og'irligi 14,2 kg va yevropada mazkur elektrosamokat 799 yevrodan sotilmoqda.

@texnologiyait
6.6K views04:45
Ochish/sharhlash