Get Mystery Box with random crypto!

Koʻpchilik MIUI yangilanishi kelganida eʼtibor berishmaydi va | TEXNOLOGIYA IT UZ

Koʻpchilik MIUI yangilanishi kelganida eʼtibor berishmaydi va yangilanish maʼlum bir muddatdan soʻng butkul yoʻqolib qolganidan shikoyat qilishadi, buning sababi nimada?

Birinchi bosqich — Mi Pilot yoki POCO Testers dasturi doirasida ariza topshirish orqali yangilanishlarni birinchi boʻlib qabul qilish. Baʼzan, Xiaomi shu usul bilan eng yangi versiyani kichik doirada sinash uchun testerlarni jalb qiladi va yangi versiyani sinovchilar soni cheklangan boʻladi.

Ikkinchi bosqich — Random joʻnatish. Ushbu bosqichda yangi versiya baʼzi foydalanuvchilarga yuboriladi. Masalan, sizga kelishi mumkin, lekin oʻsha zahotiyoq yangilanishni oʻrnatmasangiz u biroz vaqtdan soʻng interfeysdan yoʻqolib qoladi, chunki kerakli miqdordagi foydalanuvchilar yangi versiyani allaqachon oʻrnatgan va sinamoqdalar.

Uchinchi bosqich — Ommaviy tarqatish.
Bu bosqichda mutloq barqaror MIUI yangilanishi maʼlum bir smartfonning barcha foydalanuvchilariga yuboriladi.

@Texnologiya_IT_UZ kanaliga obuna bo'ling!