Get Mystery Box with random crypto!

Task Force 141 'o'z repertuarida' 2019-yilgi Modern Warfare o | Texnologiya va IT olami

Task Force 141 "o'z repertuarida"

2019-yilgi Modern Warfare o'yinining davomi bo'lgan Modern Warfare II o'yini shu yilning 28-oktabrida chiqarilishi rasman ma'lum bo'ldi. Ikki kun avval Activision o'yinning global treylerini ko'rsatgan edi. Bugundan ochiq deb e'lon qilingan Summer Game Fest tadbiri davomida esa o'yin jarayoni qanday bo'lishi ko'rsatildi.

COD: MW II o'yini yuqorida aytilganidek, kelayotgan kuz faslida PS4, PS5, Xbox One, Xbox Series X/S va kompyuter uchun Battle.net/Steam platformalariga chiqariladi. Qiziquvchilar o'yinga hozirdan buyurtma berishlari va o'yinga erta kirishni qo'lga kiritishlari mumkin.

@texnologiya_IT_texnalogiya