Get Mystery Box with random crypto!

Samsung 2023-yilda o‘zining kriptovalyuta birjasini ishga tush | Texnologiya 24

Samsung 2023-yilda o‘zining kriptovalyuta birjasini ishga tushirmoqchi

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi kelgusi yilda o‘zining kriptovalyuta birjasini ishga tushirishi mumkin, deb xabar bermoqda Market Watch mahalliy OAVga tayanib.

Samsung yaqinda regulyatorlarga kriptovalyuta almashinuvini yaratish uchun zarur bo‘lgan litsenziyalarga ariza topshirgan. Samsung’dan tashqari Janubiy Koreyaning yana oltita kompaniyasi ham ariza topshirganlar ro‘yxatida bor. Ular qatorida Koreyaning eng yirik fond bozori brokerlaridan biri Mirae Asset Securities ham qayd etilgan.

Janubiy Koreya matbuotiga ko‘ra, Samsung 2023-yilning birinchi yarmida yangi birja yaratishni kutmoqda.

@Texnologiya_24