Get Mystery Box with random crypto!

Salom doʻstlar. Bu @TexnoJavohir kanalidagi ilk post boʻlib, u | Texno Javohir

Salom doʻstlar.
Bu
@TexnoJavohir kanalidagi ilk post boʻlib, unda siz Telegram profilingizga qaysi qurilma va qaysi hududdan turib ulanib olishgan ekanligini va aksincha hammasi havfsizligini tekshirib olasiz.

Tekshirish uchun postga ilova qilingan skrinshotlarni birma-bir koʻrib, belgilangan boʻlimlarga kiring.

Sozlamalar Maxfiylik va havfsizlik Qurilmalar boʻlimiga kirasiz va shu yerda birinchi boʻlib "Bu qurilma" nomi bilan sizning qoʻlingizda turgan telefon modeli, ishlatayotgan telegramingiz nomi va manzilingiz koʻrsatiladi.

Agar undan pastda boshqa birorta qurilma nomi chiqmasa sizning telegramingizga hech kim ulanmagan.

Agar begona qurilma aniqlansa, qizil rangdagi "Boshqa barcha seanslarni tugatish" tugmasini bosing!

Ekranning eng pastidagi nofaollik muddatiga kirib, qanchadir vaqt belgilasangiz, sizning profilingizga ulangan odam, shuncha vaqt profilingizdan foydalanmasa, avtomatik telegramingizdan chiqib ketadi

Post tushunarli boʻlsa qoldiring.

@TexnoJavohir